Hindistonda er-xotin iPhone uchun bolasini sotdi

Olam

image

Hindistonda er-xotin iPhone 14 smartfonini xarid qilish uchun sakkiz oylik chaqalog‘ini sotib yubordi. Bu haqda “Dailyo” xabar berdi. 

Aytilishicha, Sati va Jadev ismli fuqarolar qashshoqlikda yashagan va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan. Bir necha oy oldin ularning qo‘shnilari bu er-xotinning o‘g‘li g‘oyib bo‘lganini payqab qolgan. Bu voqea oilada iPhone 14 smartfoni paydo bo‘lgan paytga to‘g‘ri kelgani ularni shubhalantirgan.

Shundan so‘ng, qo‘shnilar politsiyaga murojaat qilgan. Olib borilgan tergovda ona bolasini gadjet sotib olish, shtat bo‘ylab sayohat qilish va Instagram sahifasi uchun kontent yaratish uchun sotganini tan olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin yetti yoshli qizini ham sotishni rejalashtirgan. Ayolning eri esa hozirda qidiruvga berilgan. Huquq-tartibot idoralari sakkiz oylik chaqaloqning xaridorini ham qo‘lga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston iPhone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing