Hindistonda diniy marosimdagi tiqilinch oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
Olam
−
02 iyul
4590Bugun, 2 iyul kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘lib o‘tgan diniy tadbirda yuz bergan tirbandliklar oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Turli tan jarohatlari olganlardan 15 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Yuttar Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanatx qo‘l ostidagilarga fojiani nazoratga olishni buyurdi. Hozirda voqea joyida shifokorlar va politsiya ishlamoqda.
“Hindiston Prezident Draupadi Murmu qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi