Hindistonda chaqmoq urushidan 33 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
18 iyul 2025 4145 1 daqiqa
Hindistonning sharqiy hududlarida davom etayotgan kuchli momaqaldiroqli yomg‘irlar fonida kamida 33 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda “The Journal” xabar berdi.
Hodisa Bihar shtatida 17 iyulga o‘tar kechasi kuchli bo‘ronlar vaqtida yuz bergan. Davlat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, qurbonlarning aksariyati ochiq maydonda ishlayotgan dehqonlar va ishchilar bo‘lgan.
Bihar shtatining ayrim tumanlarida kuchli yomg‘irlar va chaqmoq xavfi hanuz saqlanib qolmoqda. Shtatning falokatlar bilan kurashish vaziri Vidjay Kumar Mandalning aytishicha, xavf ostidagi hududlardagi rasmiylarga aholini xabardor qilish va ogohlantiruvchi choralarni ko‘rish topshirilgan.
Hukumat chaqmoq urishidan halok bo‘lganlar oilalariga 4 million rupiy (taxminan 4600 dollar) miqdorida kompensatsiya to‘lashni va’da qilgan.
Bihar hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda kamida 243 kishi, 2023 yilda esa 275 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida ham Hindistonning ayrim hududlariga yoqqan kuchli yomg‘ir va chaqmoq urishi oqibatida qariyb 100 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi