Hindistonda bir yurakli siam egizaklari tug‘ildi

Olam

image

Hindistonlik ayol siam egizaklarini dunyoga keltirdi. Chaqaloqning ikki boshi va uch qo‘li bor.  

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida yashovchi 21 yoshli Babita Axirvar bir yarim yil oldin turmushga chiqqan. Ko‘p o‘tmay oila farzand ko‘rishga qaror qilgan. Shifokorlar homila 35 haftalik paytida bo‘lajak farzandlari egizak ekanini ma’lum qilgan.

Biroq, 24 noyabr kuni faqat bir chaqaloq dunyoga keldi. Shifoxona xodimlarining aytishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqning bitta yuragi, ammo ikkita boshi va uchta qo‘li bor. Shifokorlar bolaning sog‘lom tug‘ilishi mo‘jiza ekanini aytmoqda. 

Hozirda bola bir guruh shifokorlar nazorati ostida intensiv terapiya bo‘limida davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadagi tug‘ruqxonalardan birida ikki boshli bola tug‘ilishi haqida xabar berilgan edi. Shifokorlar bolaning ikkita boshi va ikkita umurtqa pog‘onasi, ammo bitta yuragi borligini aytgan.

Ma’lumot uchun, siam egizaklari – rivojlanish davrida embrional jihatdan bir-biridan to‘liq ajralmagan egizak homilalardir. Ularning tana qismlari, ichki organlari bir-biriga birikkan bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har 200.000 tug‘ruqning birida turli anomaliyadagi siam ezizaklari dunyoga keladi. Ularning teng yarmi esa o‘lik holda tug‘iladi.


Maqola muallifi

Teglar

siam egizaklari

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing