Hindistonda anomal issiq 166 odamning “yostig‘ini quritdi”

Olam

image

Hindistonda so‘nggi bir necha kun ichida jazirama tufayli kamida 166 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha yuz kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda "India Today" xabar berdi. 

Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, Uttar-Pradesh (119 kishi o‘lgan) va Bixar (47 qurbon) shtatlarida g‘ayritabiiy issiqlik qayd etilgan.

Ayrim hududlarda havo harorati 43,5 darajaga yetgan. Bixar provinsiyasi ma’muriy markazi Patna shahri maktablari 24 iyunga qadar ta’til e’lon qilgan.

Mahalliy hokimiyat aholini kun davomida uyda qolishga chaqirmoqda.

Ma’lumot uchun, inson sabab bo‘lgan iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo sharoitlarini kuchaytirib, anomal issiqdan tortib, suv toshqini va o‘rmon yong‘inlarigacha tez-tez va ko‘proq halokatli ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Issiq to‘lqinlar paytida Hindiston odatda suv tanqisligidan aziyat chekadi. uning 1,4 milliard aholisining o‘n million qismi oqar suvdan mahrum bo‘lib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston jazirama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing