Hindistonda 70 ga yaqin odam noma’lum kasallikdan vafot etdi
Olam
−
30 avgust 2021
6622Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida so‘nggi bir hafta ichida noma’lum virusli bezgakdan 68 kishi vafot etgan. Ularning 40 nafari bolalar hisoblanadi, 12 nafar bemor esa oxirgi 24 soat ichida vafot etgan. Bu haqda mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, bemorlarning ko‘pchiligida yuqori isitma, suvsizlanish va qondagi trombotsitlar darajasining pasayishi kuzatilgan. Ba’zi bemorlarda esa yuqori isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, mushaklarning og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va limfa tugunlarining shishishi qayd etilgan.
“Tumanlardagi vaziyat xavfli. Botqoqlikka aylanish, sanitariya va gigiyenaning yo‘qligi kasallikning tarqalishiga sababdir”, degan shifokorlardan biri Manish Asija.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan yuqori namlik va baland harorat tufayli, zararlangan hududlar yuqumli kasalliklar tarqalishi uchun mukammal joyga aylangan.
LiveBarchasi