Hindistonda 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus daryoga quladi (video)

Olam

image

Hindistonning Madxya-Pradesh shtati Dxar tumanida ichida 30 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ko‘prikdan chiqib, daryoga qulab tushdi. Bu haqda bugun, 18 iyul kuni “Indian Express” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan transport Indar shahridan chiqib, Amalner shahriga yo‘l olgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi yo‘lning qiyin qismida boshqaruvni yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, ulardan to‘rt nafari ayol. Bundan tashqari, kamida 15 nafar yo‘lovchi qutqarib qolingan. 

Biroq qidiruv-qutqaruv amaliyoti hali yakuniga yetmagan. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Gazetaning yozishicha, qurbonlarning yaqinlariga 1,2 million hind rupisi (15 ming dollar) miqdorida yordam puli to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing