Hindistonda 100 mln dozadan ortiq Rossiya vaksinasi ishlab chiqariladi
Olam
−
27 noyabr 2020
3309Rossiya investitsiya jamg‘armasi va Hindistonning farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Hetero” kompaniyasi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv tuzdi. Unga ko‘ra, Hindistonda yiliga 100 milliondan ortiq dozada Rossiya vaksinasi ishlab chiqariladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Rossiya investitsiya jamg‘armasi va Hindistonning yetakchi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Hetero” (uning sho‘ba korxonasi “Hetero Biopharma” orqali) Hindistonda yiliga 100 mln dozadan ortiq koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi”, deyiladi xabarda.
Hnidistonda 2021 yildan “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni yo‘lag qo‘yish rejalashtirilgan.
“Sputnik V” o‘z aholisini koronavirusdan himoya qilishga intilayotgan har bir mamlakat milliy vaksinalar portfelining muhim qismi bo‘lishi kerak. “Hetero” bilan hamkorlik tufayli vaksina ishlab chiqarish quvvati sezilarli darajada oshiriladi, bu esa Hindiston aholisini pandemiya paytida samarali dori bilan ta’minlashga imkon beradi”, deydi Rossiya investitsiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev.
Ma’lumot uchun, 9 noyabr kuni Pfizer o‘z vaksinasi 90 foiz samarali ekanligini e’lon qildi va keyinchalik uning samaralilik darajasini 95 foizga yetkazdi. Kompaniya allaqachon ushbu preparatni AQSHda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan. Shuningdek, Moderna 16 noyabr kuni o‘z vaksinasining samaradorligini taxminan 94,5 foiz, deb e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Britaniyaning “AstraZeneca” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan Oksford mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksina klinik sinovlarining o‘rtacha samaradorligi 70 foizni tashkil etdi.
Amerikaning Moderna kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olmoqchi bo‘lganlarga har bir doza 25-37 dollardan yetkazib berilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja Turkiya Hukumati mamlakat fuqarolarini koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul emlashni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
Umidjon Nozimjonov
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr