Hindistonda ham fojia. Ko‘prik qulashi oqibatida 120 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 30 oktyabr kuni Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtatida ko‘prik quladi, oqibatda kamida 120 kishi halok bo‘ldi. Ko‘prik uzoq davom etgan ta’mirdan bir necha kun o‘tib qulab tushgan. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi. 

“Hozirgacha biz 120 jasadni topdik. Qidiruv operatsiyasi davom etar ekan, qurbonlar soni ortishi mumkin”, deydi 31 oktyabrga o‘tar kechasi mahalliy politsiya rahbari “Agence France-Presse”ga. 

Uning aytishicha, 130 dan ortiq odam qutqarilgan. 

В индийском городе Морви обрушился пешеходный мост | Пикабу

Morbi shahridagi Machxa daryosi ustidagi ko‘prik olti oylik ta’mirdan so‘ng qayta ochilganidan bir necha kun o‘tib qulab tushdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prik va uning yonida 500 ga yaqin odam to‘plangan– ular hindlarning asosiy bayramlaridan biri Divalini nishonlagan. Oqibatda ko‘prik osilgan kabellar uzilib ketgan.

Ko‘prik qulaganidan so‘ng olingan kadrlarda qutqaruvchilar ularga yordam berishga urinayotgan o‘nlab odamlarning kabellar va inshoot qoldiqlariga yopishib olganini ko‘rish mumkin. Ba’zilar daryo qirg‘oqlariga yetib borish uchun vayron bo‘lib, bir uchi suvga egilib turgan beton qoldiqlar ustiga tirmandi.  

Osma ko‘prik sayyohlarning diqqatga sazovor joyiga aylangan. 230 metrli inshoot XIX asrda Britaniya imperiyasi davrida qurilgan. 

O‘zining Gujarat shtatida uch kunlik tashrif bilan bo‘lgan Bosh vazir Narendra Modi shtat bosh vaziriga qutqaruv operatsiyasi uchun zudlik bilan guruhlarni safarbar qilishni topshirganini aytdi. Modi fojiadan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi. U jabrlanganlarga, shuningdek,  jabrlanganlarning eng yaqin qarindoshlariga tovon puli to‘lanishini ma’lum qildi. 

Ko‘prikdagi fojia Gujaratda yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlar oldidan sodir bo‘lgan. Modining hukmron partiyasining amaldagi vakolati 2023 yil fevralida tugaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing