Hindiston va Pokiston askarlari yana urush yoqasida

Olam

image

Bugun, 16 avgust kuni BMTning Kashmir mavzusidagi yig‘ilishda o‘tkaziladigan Hindiston va Pokiston vakillari qatnasha olishmaydi. Bu haqida RIA Novosti BMT vakilining so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

Kecha, 15 avgust kuni Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi Jammu Kashmir nazorat sarhadida ikkala davlat qo‘shinlari askarlari to‘qnashgan. Pokiston Mudofaa vazirligining matbuot kotibi Asif G‘afur va “Associated Press Of Pakistan” agentligining bildirishicha, otishmada uchta pokistonlik va besh nafar hindistonlik askar halok bo‘lgan, o‘nlab askarlar yaralangan. 

Eslatib o‘tamiz, 5 avgustda Hindistonning Jammu va Kashmirning xususiy statusini bekor qilishi va Kashmirda musulmonlarga yetkazayotgan zo‘ravonligi natijasida Pokiston Hindiston elchisini o‘lkadan haydagan va qo‘shnisini o‘z konstitutsiyasining 370-moddasini buzganlikda ayblagandi.

Qayd etish kerakki, har ikki mamlakat ham yadro qurollariga ega davlatlar hisoblanadi. BMT ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat ayanchli tus olmasidan oldin yig‘ilish o‘tkazishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston-Pokiston BMT

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing