Hindiston va Xitoy chegarasida harbiylar soni keskin oshirildi
Olam
−
11 iyun 2020
10481Hindiston va Xitoy harbiy kuchlari sharqiy Ladakxdagi nazorat qilish chizig‘i (demarkatsiya qilinmagan chegara) bo‘ylab keskinlikni kamaytirish uchun muzokaralarning yangi bosqichiga kirishdi. Bu haqda bugun, 11 iyun kuni “The Times of India” gazetasi xabar bermoqda.
"Muzokaralar, xususan, Pangong-So ko‘li atrofidagi vaziyatga taalluqlidir. Xitoy o‘z harbiy guruhini ko‘paytirishni davom ettirmoqda. Ularning soni 7000 ga yetdi, ularni kuchaytirish uchun tanklar va og‘ir harbiy texnika joylashtirildi", deya ma’lumot bergan Hindiston harbiylari.
Xabarlarga ko‘ra, bunga javoban Hindiston Pang-Soda 10 ming askarni jamlagan va mintaqaga temir yo‘l orqali T-90MS va T-72M1 tanklari yetkazilgan.
Ushbu haftaning boshida Hindiston va Xitoy Ladakx chegarasidan o‘zaro ishonch belgisi sifatida qo‘shinlarning bir qismini olib ketgan edi. Harbiylar, og‘ir qurollar va zirhli transport vositalari bilan birga chegaradan 1-2 km uzoqlikka olib ketilgandi. Biroq Pangong-So ko‘lining strategik ahamiyatli qismida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermadi.
May oyi boshlarida chegara punktlaridan birida 250 ga yaqin xitoy va hind askarlari ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Ittifoq hududidagi Ladakx chegara hududlaridagi vaziyat keskinlashdi. O‘shanda ikkala tomonning 100 dan ortiq askari jarohatlangandi. Hindistonning ta’kidlashicha, Xitoy askarlari Ladakx chegaradosh hududlariga bostirib kirgan, Xitoy esa amaldagi nazorat chizig‘ini buzganligi haqidagi da’volarni rad etib keladi.
LiveBarchasi