Hindiston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni Tashqi ishlar vazirligida Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov undan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Xabarga ko‘ra, har ikki mamlakat vakillari bilan davlatlar o‘rtasida  qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan. 

“Hindistonning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand va Filippin O‘zbekistonga yangi elchilarini tayinlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing