Hindiston Trampni o‘zgacha kutib oldi

Olam

image

Bugun, 24 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp ikki kunlik tashrif bilan Hindistonga keldi. Bu haqida “Reuters” xabar bermoqda.   

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar rahbari va birinchi xonim yirik shaharlardan biri Ahmadobodda to‘xtashgan. Ularga Amerika delegatsiya hamrohlik qilmoqda. Tramp va uning rafiqasi shaharning stadionidagi mitingda ishtirok etishi, shuningdek, qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Mehmonlarni aeroportda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi kutib oldi. U Trampni quchoqlab, "mehmon bu — Xudo" deb aytdi. Shuningdek, siyosatchilar atrofida rang-barang soyabon ko‘targan odamlar raqsga tushdi va musiqachilar chiqishi ham bo‘ldi.

Bu orada stadionga o‘n minglab aholi yig‘ildi. Ulardan ba’zilari Trampning kartondan yasalgan boshini ushlab turardi. AQSH Prezidenti kelishi munosabati bilan asosiy yo‘llar to‘silgan, do‘konlar yopilgan hamda tomlar va balkonlarga politsiya nazorati o‘rnatilgan. Stadionga avtobusda ketayotgan maktab o‘quvchilari: "Biz Trampni yaxshi ko‘ramiz", deya qichqirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Hindiston

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing