Hindiston Suriyaga 23 tonnadan ortiq gumanitar yordam jo‘natdi

Olam

image

Bugun, 12 fevral kuni Hindiston zilziladan jabr ko‘rgan Suriyaga 23 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazib berdi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Arindam Bagchi ma’lum qildi.

Suriyaga yordam Hindiston rasmiylarining “Do‘st” deb nomlangan operatsiyasi doirasida ko‘rsatilgan. 

“Do‘st” operatsiyasining yettinchi reysi Suriyaga 23 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami, jumladan, generatorlar, quyosh lampalari, favqulodda vaziyatlar va zaruriy yordam dori-darmonlari, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish vositalari bilan yetib keldi”, deb yozgan Bagchi Twitter'dagi sahifasida.

Yukni Damashq aeroportida mahalliy ma’muriyat va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Mutaz Duaji kutib olgan.

Shundan so‘ng, Hindiston harbiy-havo kuchlarining samolyoti tabiiy ofat hududida ishlayotgan hindistonlik qutqaruvchilar uchun zarur tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmonlar va boshqa materiallarni yetkazib berish uchun Turkiyaga uchgan. 

Ma’lumot uchun, Nyu-Dehli falokatdan bir necha soat ichida Suriya va Turkiyaga yordam berish uchun “Do‘st” operatsiyasini boshladi. U yerda jami 250 dan ortiq hindistonlik mutaxassislar ishlaydi. Turkiyaga 135 tonnadan ortiq gumanitar yuk yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yerosti silkinishlari, keyin yuzlab yer silkinishlari mamlakatning o‘nta viloyatida, shuningdek, qo‘shni davlatlar, jumladan Suriyada ham sezilgan. 

Suriyada tabiiy ofat qurbonlari soni 3162 nafardan oshib, 5235 kishi jarohat oldi. Suriyaning Damashq nazorati ostida bo‘lmagan hududlarida halok bo‘lganlar, yaralanganlar va vayronagarchiliklar haqida tasdiqlangan. ma’lumotlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

gumanitar yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing