“Sindur” operatsiyasidan so‘ng Hindiston chegaradagi neft zavodlarida xavfsizlikni kuchaytirdi

Olam

image

Hindiston Pokiston bilan chegaradosh Gujarat, Panjob va Rajastan g‘arbiy shtatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi xabar berdi.

Xususan, bu monitoringni kengaytirish, kamuflyaj va havo mudofaasini faollashtirishni o‘z ichiga oladi.

“Barcha xavfsizlik protokollari faol. Xavfsizlik xizmatlari ham, neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati ham dushman tomonlarning har qanday urinishlarini bartaraf etishga tayyor. Barcha havo mudofaa tizimlari maksimal shay holatga keltirildi”, degan ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan yuqori martabali amaldor.

Qayd etilishicha, kengaytirilgan xavfsizlik choralari Hindistonning umumiy qayta ishlash quvvatining 38% dan ortig‘ini tashkil etuvchi neftni qayta ishlash zavodlariga taalluqlidir. Ro‘yxatga Reliance Industries Ltd kompaniyasining Jamnagar neftni qayta ishlash zavodi, Gujaratdagi Nayara'ning Vadinar neftni qayta ishlash zavodi, HPCL Mittal Ltd'ning Panjobdagi Bathinda neftni qayta ishlash zavodi va Vedanta Ltd'ning Rajastandagi Barmer neft konlari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 mayga o‘tar kechasi tunda Hindiston Pokistonga raketa zarbasi yo‘llagandi. Islomobod buni urush harakati deb atab, javob zarbalari berdi. Mojaroning keskinlashuviga BMT, AQSH, Xitoy, Qirg‘iziston va Isroil munosabat bildirdi.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashuvi

22 aprel kuni Hindistonning Kashmir hududida qurollangan shaxslar sayyohlar guruhiga o‘q uzdi. Oqibatda 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Voqea sodir bo‘lgan Pahalgam shahri mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi. U Hindiston va Pokiston da’vo qilayotgan bahsli hududda joylashgan.

Hindiston hukumati Kashmirdagi teraktdan keyin o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda Pokistonga nisbatan keng ko‘lamli diplomatik va viza blokadasi joriy etishga qaror qildi. Yig‘ilish yakunida Hindiston 1960 yilda tuzilgan Hind daryosi bo‘yicha suv bitimini to‘xtatishga qaror qildi. Bundan tashqari, Pokiston bilan yagona rasmiy quruqlikdagi chegara punkti – Attari yopildi. Pokiston fuqarolariga vizasiz kirish dasturi to‘xtatildi va ikki davlatdagi diplomatik xodimlar soni qisqartirildi.

Shundan so‘ng Pokiston hukumati Hindistonning suv oqimini to‘xtatish yoki burib yuborishga urinishi harakatini “urush harakati” sifatida baholashini bildirdi.

Keyinchalik Pokiston Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonga qarshi urushga tayyorligini bildirib, bir qator bayonotlar va videolar e’lon qildi

30 aprel kuni Pokiston Axborot vaziri ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Hindiston ularni 24-36 soat ichida hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida ishonchli razvedka ma’lumotlari borligini aytdi. Hindiston bu bayonotga izoh bermadi. Shu bilan birga, OAV Pokiston Hindiston bilan chegarada 6 bor o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganini xabar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing