Hindiston Pokiston bilan so‘nggi mojaroda samolyotlarini yo‘qotganini tasdiqladi

Olam

image

Joriy yilning may oyida Hindiston Pokiston bilan  bo‘lib o‘tgan so‘nggi mojaroda qiruvchi samolyotlarni yo‘qotganini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 31 may kuni Hindiston Qurolli kuchlari mudofaa shtabi boshlig‘i Anil Chauxan “Bloomberg”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U Pokistonning oltita hind harbiy samolyotini urib tushirgani haqidagi da’volarini noto‘g‘ri deb atadi, ammo Hindiston qancha samolyot yo‘qotganini aytishdan bosh tortdi.

“Raqamlar muhim emas. Nima uchun ular pastga tushdi, qanday xatolarga yo‘l qo‘ydi – bu muhim”, dedi Chauhan qiruvchi samolyotlar haqida so‘ralganda. 

Uning ta’kidlashicha, xatolar tuzatilib, barcha samolyotlarni uzoq masofaga yo‘naltiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7 mayga o‘tar kechasi Xitoy Pokistonga Hindistonning uchta harbiy samolyotini – Rafale, Mig-29 va Su-30 ni urib tushirishga yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni ikki mamlakat harbiy-havo kuchlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan havo jangida jami 125 ta harbiy samolyot bir soatdan ortiq vaqt davomida jang qilgan va bu aviatsiya tarixidagi eng yirik va eng uzoq davom etgan havo janglaridan biri bo‘lgandi.

Marjona Murodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston Pokiston harbiy samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing