Hindistonning Oy roveri “uxladi”

Olam

image

Hindiston Kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISPRO) hozirda Pragyan Oy roveri bilan bog‘lana olmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

“Avgust oyida Oyga qo‘ngan Pragyan roveri ikki hafta davomida ma’lumotlar va tasvirlarni yig‘di. Qariyb 15 Yer kuni davom etadigan Oy kechasi boshlanishi bilan Pragyan “uyqu rejimiga” o‘tkazildi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, 22 sentyabr kuni quyosh chiqib, kema akkumulyatorlari qayta zaryadlanganidan so‘ng modullar faol rejimga qaytishi kutilyapti. 

“Ammo Oy kechasidagi qattiq sovuq batareyalarga zarar yetkazgan bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli Pragyan bilan aloqa uzilib qolgan”, deydi ISPRO mutaxassislari.

Eslatib o‘tamiz,14 iyul kuni Hindiston kosmik agentligi Oyga “Chaandrayan-3” raketasini uchirish orqali sobiq sovet ittifoqi, AQSH va Xitoydan keyin Oyga kosmik kemani muvaffaqiyatli qo‘ndirgan dunyodagi to‘rtinchi davlat bo‘lgandi. 28 avgustda esa rover Oyning janubiy qutbi haqidagi birinchi ilmiy ma’lumotlarni Yerga jo‘natdi.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston Oy roveri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing