Hindiston Oy missiyasidan so‘ng Quyoshga kema uchirmoqchi
Texnologiya
−
01 Sentabr 2023
5718Mars va Oyga muvaffaqiyatli amalga oshirilgan missiyalardan so‘ng, Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) endi Quyosh ustida tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Economic Times” nashri xabar berdi.
U buning uchun kosmosga Aditya-L1 nomli kemani uchiradi. Missiyaning maqsadi Quyoshni o‘rganish va uning ishlashi haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etishdir.
Gap shundaki, Quyosh yulduzlarning faoliyatini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi. Shuningdek, uning yuzasida vaqti-vaqti bilan monumental energiya portlashlari sodir bo‘ladi.
Bu portlashlar Yerga potensial ta’sir ko‘rsatishi mumkin va unning kosmik muhitida buzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Aditya-L1 har biri fotosfera, xromosfera va Quyoshning toj deb ham ataladigan eng tashqi qatlamlari haqida ma’lumot olishga qaratilgan yettita alohida foydali uskuna bilan jihozlanadi.
Hindiston ushbu missiyani qachon boshlashi haqida hozircha aniq ma’lumotlar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Hindiston kosmik agentligi Oyga “Chandrayaan-3” raketasini uchirdi. Bu orqali mamlakat SSSR, AQSH va Xitoydan keyin Oyga kosmik kemani muvaffaqiyatli qo‘ndirgan dunyoda to‘rtinchi davlat bo‘ldi. 28 avgustda esa rover Oyning janubiy qutbi haqidagi birinchi ilmiy ma’lumotlarni Yerga jo‘natdi.