Hindiston G20 sammiti oldidan Nyu-Dehlidagi maymunlarni tarqatib yuboradi
Olam
−
07 Sentabr 2023
5156Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida 9 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan G20 sammitiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ular orasida davlat idoralari ishi va shahar markazida jamoat transporti harakatiga cheklovlar, patrullarning kuchaytirilishi va sammit hududini tanlagan mayda maymunlarni qo‘rqitishga qaratilgan chora-tadbirlar bor. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
“Sammit chog‘ida rasmiylar poytaxtning hukumat binolari joylashgan hududini haqiqatda izolyatsiya qilishga qaror qildi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shunday qilib, sammit davomida maktablar, banklar, aksariyat xususiy korxonalar va barcha davlat idoralari yopiladi, hukumat binolari hududida transport harakati taqiqlanadi.
"Cheklovlar G20ning yuqori darajadagi mehmonlari asosan besh yulduzli mehmonxonalarda istiqomat qiladigan hududni samarali ravishda izolyatsiya qiladi", deb tushuntirgan agentlik.
Dehli metropoliyasining qo‘shni davlatlar bilan chegaralari ham yopiladi.
“Va hukumat idoralari yaqinida yashaydigan va piyodalardan ovqat o‘g‘irlaydigan minglab mayda maymunlarni qo‘rqitish uchun shaharning yo‘laklariga boshqa, kattaroq turdagi maymunlar - qora yuzli langurlar ko‘rinishidagi figuralar o‘rnatildi”, deyiladi xabarda.
Shahar gullar bilan bezatilgan, yo‘l o‘tkazgichlar va temir yo‘l ko‘priklari rang-barang graffitilar bilan bo‘yalgan, ko‘chalarga sammit logotiplari va Bosh vazir Narendra Modining suratlari tushirilgan plakatlar osilgan.
100 000 dan ortiq politsiya va boshqa xavfsizlik xodimlari dunyo yetakchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun shahar ko‘chalarida patrul qiladi. Shuningdek, mahalliy hokimiyatlar sammit davomida havo sharlari va paraplanlar parvozini taqiqlagan.
Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika va Yaponiya G20 ga kiradi.
G20 sammiti ikki kun – 9-10 sentyabr kunlari davom etadi. Unga G20 a’zoligiga kiruvchi barcha davlatlar rahbarlari taklif etilgan, biroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin tadbirda shaxsan qatnashmaydi. Sammitga G20 a’zosi bo‘lmagan yana to‘qqiz davlat rahbarlari ham taklif etilgan. Bular Bangladesh, Misr, Ispaniya, Mavrikiy, Nigeriya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Cingapur.
LiveBarchasi