Hindiston boks bo‘yicha JCH uchun tarkibini e’lon qildi

Sport

image

Hindiston terma jamoasining 2021 yildagi eng muhim ikkinchi musobaqa Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdagi bokschilar Narender Rana boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan 15-21 sentyabrda o‘tkazilgan ichki chempionat g‘oliblaridan tuzib chiqilgan.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, 2019 yilgi Jahon chempionati kumush medal sovrindori va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Amit Pangal “mashg‘ulot o‘tkazishga vaqti yo‘qligi uchun” terma jamoaga jalb qilinmagan.

-48 kg: 
Govind Sahani 

-51 kg: 
Dipak 

-54 kg: 
Akash 

-57 kg: 
Rohit Mor 

-60 kg: 
Varinder Singh 

-63,5 kg: 
Shiva Tapa 

-67 kg: 
Akash 

-71 kg: 
Nishant Dev 

-75 kg: 
Sumit 

-80 kg: 
Sachin Kumar

-86 kg: 
Lakshya 

-92 kg: 
Sanjit 

+92 kg: 
Narender

Eslatib o‘tamiz, musobaqa sovrin jamg‘armasi 2,6 million dollarni tashkil qiladi. Oltin medal sohiblariga 100 ming AQSH dollari, kumush medal egalariga 50 ming AQSH dollari, bronza medal sovrindorlariga esa 25 ming AQSH dollari mukofot sifatida taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston AIBA Jahon chempionati Boks Amit Pangal

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing