Hindiston Armanistonga qurol yetkazib berishni ko‘rib chiqyapti

Olam

image

Hindiston Armanistonga qurol va o‘q-dorilarning yangi partiyasini yetkazib berish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, “The Economic Times” xabar berdi.

Aytilishicha, Armanistonning yuqori martabali vakili Nyu-Dehlida ikki davlat o‘rtasida 2022 yil sentyabr oyida imzolangan shartnomalar asosida amalga oshiriladigan qurol-yarog‘ eksporti bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.

Shartnomalar qiymati 20 milliard rupiyni (244,7 million dollar) tashkil etadi. Ularga ko‘ra, Hindiston avvalroq Armanistonga o‘zining dizayni bo‘yicha chet elda birinchi marta sotilgan Pinaka raketa tizimlari (MLRS), shuningdek, tankka qarshi raketalar va o‘q-dorilar partiyasini yetkazib bergan. Qurollar Eron hududidan o‘tuvchi transport yo‘lagi orqali yetkazib berilgan.

“Indian Defence Research Wing” internet-nashrining xabar berishicha, avgust oyi boshida Hindistonning Bharat Forge LTD mudofaa kompaniyasi Armanistonga 155,5 million dollarlik shartnoma doirasida oltita 155 mm kalibrli ATAGS gaubitsalarini topshirgan. Shartnomada Armanistonga uch yil ichida 90 ta shu turdagi artilleriya yetkazib berish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing