Hindiston Arab dengiziga harbiy kemalarini joylashtirdi

Olam

image

Hindiston harbiy-dengiz kuchlari tijoriy yuk tashish xavfsizligini ta’minlash uchun beshta boshqariladigan raketa esminetini, Boeing P 8I patrul samolyotini va uzoq masofaga uchuvchi Sea Guardian kuzatuv apparatini Arab dengiziga joylashtirdi. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi boshqariladigan raketa esminetlari Kolkata, Kochi, Mormugao, Chennai va Visakhapatnam Arab dengizining markaziy, shimoliy va g‘arbiy hududlarida tarqalgan va Yaqin Sharqdagi AQSH boshchiligidagi xalqaro dengiz kuchlaridan mustaqil ravishda ishlamoqda.

Manbaga ko‘ra, Hindiston qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kemalari va samolyotlari savdo kemalariga uchuvchisiz samolyot hujumi holatlarining oldini olish uchun mamlakat g‘arbiy sohillari yaqinida kuchaytirilgan navbatchilikni yo‘lga qo‘ydi.

Joriy yilning 23 dekabr kuni mamlakat qirg‘oqlaridan 370 km uzoqlikda kimyoviy tanker bo‘lgan Chem Pluto uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujumga uchragach, Hindiston Arab dengizida harbiy kemalar guruhini joylashtirdi. Hujum oqibatida kema bortida yong‘in sodir bo‘lgan. Tanker Saudiya Arabistoni portidan Hindistonning Mangaluru shahriga ketayotgan edi.

Pentagon Chem Pluto tankeri Liberiya bayrog‘i ostida suzgani, Yaponiyaga tegishli ekani va Niderlandiyaga xizmat qilayotganini bildirgan. AQSH Mudofaa vazirligiga ko‘ra, kemaga Hind okeanida Eronning Shahed 136 kamikadze droni tomonidan hujum qilingan. Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Chafi Tehronning hujumga aloqasi yo‘qligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Arab dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing