Hindiston 15 kunlik urush uchun qurol-yarog‘ zaxirasini yaratadi

Olam

image

Hindiston Hukumati harbiylarga urush paytida 15 kunlik jang o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qurol va o‘q-dorilar zaxiralarini ko‘paytirish haqida topshiriq berdi. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi rasmiy manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

“Sharqiy Ladaxda Xitoy bilan bo‘lgan harbiy qarama-qarshilik sharoitida Hindiston armiyasiga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar zaxiralarini 15-I darajasiga yetkazishga ruxsat berildi. Bu 15 kun davomida ikki jabhada – Xitoy va Pokistonga qarshi intensiv harbiy operatsiyalarni o‘tkazishni nazarda tutadi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Hindiston Qurolli Kuchlarida 40 kunlik jangovar operatsiyalarni o‘tkazish uchun qurol-yarog‘ va o‘q-dori zaxiralari bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgandi, ammo qurollarni saqlash va yangi harbiy taktika bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli ushbu talab 10 kungacha tushirilgan.

Manbalarga ko‘ra, Hindiston armiyasi allaqachon tanklar va artilleriya uchun katta miqdordagi raketa va snaryadlarni sotib olgan. Xaridlar uchun 500 milliard rupiya (taxminan 67,8 million dollar) ajratilgan.

Hindiston va Xitoy chegarasidagi Ladax hududining sharqiy qismidagi vaziyat may va iyun oylarida ikki mamlakat harbiy xizmatchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlardan keyin og‘irlashdi. Unda kamida 20 nafar hind askari va turli manbalarga ko‘ra, 45 nafar xitoylik askar o‘ldirilgan. Keyinchalik, Nyu-Dehli va Pekin o‘z qo‘shinlarining ushbu hududdagi konsentratsiyasini oshirdilar. Hozir Ladaxda 50 ming hind qo‘shini va taxminan shuncha xitoylik askar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Hindiston

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing