Hech kim AQSHning G‘azo bo‘yicha pozitsiyasiga qo‘shilmaydi – Xoqon Fidan

Olam

image
AQSH yana G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi north_east

AQSH yana G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan AQSHning BMT Xavfsizlik Kengashining blokadadagi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘yish qarorini qoraladi. Bu haqda u Vashingtonda amerikalik mavqedoshi Entoni Blinken bilan uchrashuvdan so‘ng “Anadolu” bilan suhbatda so‘z ochdi. 

"AQSHning G‘azo bo‘yicha pozitsiyasini hech kim olqishlamaydi", deydi vazir.

Turkiya diplomatiyasi rahbari Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasining Aloqa guruhi Blinken bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda G‘azodagi vaziyatning tafsilotini to‘liq bayon qilganini aytgan.

“Aloqa guruhi a’zolari G‘azo sektoridagi insonparvarlik fojiasini zudlik bilan to‘xtatish va Isroil tomonidan begunoh odamlarning o‘ldirilishiga chek qo‘yish zarurligini bir necha bor ta’kidladi”, deya davom etgan Fidan.

Turkiya TIV rahbari kecha, 8 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashining Falastin anklavida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasiga veto qo‘yganini eslatgan. 

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidagi ovoz berish chog‘ida do‘stlarimiz G‘azodagi vaziyat bo‘yicha AQSHning fikriga hech kim qo‘shilmasligini yana bir bor ko‘rsatdi. Albatta, bundan xulosa qilamizki, bugungi uchrashuvlarda aytib o‘tganimizdek, Amerika siyosiy tizimi endi Isroil bilan bog‘liq masalalarda ojiz. Shuning uchun Isroil bu masalada o‘ylamasdan harakat qilib, falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlikni davom ettirmoqda”, deydi vazir. 

Shu bilan birga, Fidan G‘azo bo‘yicha aloqa guruhi eksklavdagi qon to‘kilishini to‘xtatish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishini qayd etgan. Turkiya diplomatiyasi rahbari AQSH ortidan Kanadaga borishini, u yerda Bosh vazir va Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishini, shuningdek, Skandinaviyadagi ayrim mamlakatlarga tashrif buyurishini aytgan.

Fidanning ta’kidlashicha, u G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha Anqaraning pozitsiyasini AQSH rasmiylari e’tiboriga aniq yetkazgan. 

"Vaziyatning jiddiyligini ta’kidlab, sabr-toqat tugayotganini aytdik va bu yo‘nalishda qilinishi kerak bo‘lgan qadamlarni aniq belgilab qo‘ydik", deydi vaziri. 

Fidan Blinken bilan uchrashuvda Shvetsiyaning NATOga kirishi masalasini ham muhokama qilganini qayd etdi. 

“Albatta, bu yerda Anqaraning pozitsiyasi aniq. Muhokamalardan so‘ng NATO Turkiya Prezidenti va Shvetsiya Bosh vaziri ishtirokida uch tomonlama yig‘ilish o‘tkazdi. Natijada, biz hozir ustida ishlayotgan masalalar mavjud. Keyingi qaror Turkiya parlamentida qabul qilinadi”, degan vazir. 

Bundan tashqari, Fidan Blinken bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi normalizatsiya jarayoni va tinchlik muzokaralarini muhokama qilganini aytdi. 

“Biz Amerika tomoniga Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik bitimini qo‘llab-quvvatlashini va hujjat imzolanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdik. AQSH ham bir xil pozitsiyani egallaydi. Ishonchimiz komilki, mintaqadagi normallashuv barcha tomonning manfaatlariga mos keladi”, deb ta’kidlagan Xoqon Fidan.

Eslatib o‘tamiz, Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasining Aloqa guruhi joriy yilning 11 noyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan qo‘shma sammitda tuzilgan edi. Uning vakillari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan davlatning poytaxtlari PekinMoskva, London va Parijda uchrashuvlar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya G'azo Xoqon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing