Hajda ellikboshilik qilayotgan o‘zbekistonlik imom vafot etdi
Jamiyat
−
26 may 41850 1 daqiqa
Joriy yilgi Haj mavsumida ziyoratchilarga ellikboshilik qilayotgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi. Bu haqda masjidning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, imom Madinada betob bo‘lib, komaga tushib qolgan va bugun, 26 may kuni tongda vafot etgan.
“Madinada bugun, xastalikdan so‘ng Robbim huzuriga omonatlarini topshirdilar. Ilmli, ilmiga amal qilgan inson edilar. Yaqinlariga, shogirdlariga, oila a’zolariga sabr bersin”, deyiladi xabarda.
Hozircha imomning vafotining aniq sabablari ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Rabbimqul Muhammadiyev 2019 yildan buyon Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” jome masjidi imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan edi. U oldin Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “Imom Termiziy” masjidida ham imom-xatib bo‘lib ishlagan.
Live
Barchasi