Haj ziyoratini ado qilayotgan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi

Olam

image

Saudiya Arabistonida Haj amallarini o‘tayotgan kamida 14 nafar Iordaniya fuqarosi jazirama issiq oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Keltirilishicha, yana 17 nafar kishi bedarak yo‘qolgan.

Eron Qizil yarim oy jamiyati besh nafar eronlik ziyoratchi ham halok bo‘lganini tasdiqlagan, biroq ular qanday halok bo‘lganiga aniqlik kiritmagan. Iordaniya rasmiylari esa bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etayotganini aytdi.

Shuningdek, Iordaniya rahbariyati o‘z bayonotida Saudiya Arabistoni hukumati bilan marhumlarning jasadlarini oilalari xohishiga ko‘ra shu joyga dafn etish yoki o‘z yurtiga qaytarish tartib-qoidalarini muvofiqlashtirganini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni rasmiylarining aytishicha, issiqlikni yumshatish choralari doirasida ular iqlim nazorati ostidagi ko‘plab qulay hududlarni tashkil qilgan. Suv tarqatib, ziyoratchilarga quyoshdan qanday himoyalanish haqida maslahatlar berib borishmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, ziyoratchilarni suvsiz qolmasliklari va kunning eng issiq vaqtida soat 10:00 dan 16:00 gacha ochiq havoda bo‘lmasliklarini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Haj dunyodagi eng yirik ommaviy yig‘inlardan biridir. 2015 yildagi Haj ziyorati vaqtida 2000 dan ortiq odam vafot etgan. 2023 yilda kamida 240 kishi halok bo‘lgan. 2024 yilda 1,8 milliondan ortiq ziyoratchilar Haj amallarini ado qilmoqda. Ziyorat 19 iyun kuni yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar uchun qancha Haj kvotasi ajratilgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi tarkibida va Hukumatda ko‘rinish bermayotgan sobiq Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ayni vaqtda Haj amallarini bajarayotgani айтилганди.


Maqola muallifi

Teglar

Haj ziyorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made