“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish monopollashtiriladimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda muqaddas “Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish monopollashtirilishi mumkin. 

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. 

Hujjat loyihasida 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda respublika fuqarolarining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faqat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishiga oid qoida nazarda tutilgan.

“O‘z navbatida O‘zbekistonda boshqa tashkilotlarning “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmasligiga oid qoida taklif etilmoqda”, deb yozadi bloger o‘z sahifasida.

Hozirgi mavjud qonunchilikda xususiy tur operatorlariga “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etishga biror yozma taqiq yo‘q.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi” ham ishlab chiqilgan bo‘lib, qonunning 15-moddasida, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi ziyorat joylariga borishini, shu jumladan, “Haj” va “Umra” ibodatini amalga oshirishni, fuqarolarni diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi, malakasini oshirishi va tajriba almashishi uchun chet ellarga yuborilishini, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni, xalqaro diniy anjumanlar o‘tkazilishini tashkil qilish” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolati etib belgilangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Haj Umra

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing