Haj va Umra ziyorati uchun yangi talablar joriy etilmoqda 

Olam

image

2025 yil fevral oyidan Saudiya Arabistoniga Umra va Haj amallarini bajarish uchun boradigan ziyoratchilardan meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqidagi hujjat talab etiladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu choralar tashrif buyuruvchilar va ziyoratchilarning sog‘lig‘i uchun amalga oshirilmoqda. 

“Qirollik sog‘liqni saqlash sohasiga katta e’tibor beradi va fuqarolar, aholi, tashrif buyuruvchilar va ziyoratchilarga yuqori sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga intiladi”, deyiladi xabarda. 

Unga ko‘ra, dunyo mamlakatlaridan tashrif buyuradigan 1 yosh va undan katta fuqarolar meningit kasalligidan emlanganlik haqida sertifikat taqdim qilishi shart. Saytda Saudiya Arabistoni tomonidan tasdiqlangan vaksinalar ro‘yxati ham keltirilgan:

MenACWY polisaxarid vaksinasi  – uch yil ichida va mamlakatga tashrif buyurishdan kamida 10 kun oldin qabul qilingan bo‘lishi kerak;

MenACWY conjugated2 vaksinasi – besh yil ichida va mamlakatga kelishdan kamida 10 kun oldin qabul qilingan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj Umra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing