“Haj – 2025” mavsumi qachondan boshlanishi ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 2025 yilgi Haj mavsumi joriy yilning 13 may kunidan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu sanadan e’tiboran 28 mayga qadar har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar respublikaning 9 ta hududidagi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.

Aviaparvozlar 3 ta aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ayni paytda ham jadal davom etayotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, barcha ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, emlash ishlari olib borilgan, guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirilgan, safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan va barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir” qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, SIM-karta va quvvatlagich beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Haj mavsumi O‘zbekistonda 23 maydan boshlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston musulmonlari idorasi Saudiya Arabistoni Haj – 2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing