Hayvon, eshak — Qashqadaryo Moliya boshqarmasi boshlig‘i yig‘ilishda xodimini haqorat qildi
Jamiyat
−
01 avgust 2021
14224Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i Fayzullo Yusupovga tegishli audioyozuv tarqaldi. Audioda Yusupov yig‘ilishda Koson tumani Moliya bo‘limi boshlig‘iga qo‘pol munosabatda bo‘lib, “hayvon, eshak, insofsiz”, deya haqorat qilganini eshitish mumkin.
Holatga Qashqadaryo viloyati hokimining matbuot kotibi munosabat bildirib, audioyozuv hokimlik tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi.
“Bu holat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari N.Erkayev rahbarligida F.Yusupov va Sh.Safarov ishtirokida viloyat hokimligida muhokama qilindi hamda ish faoliyatida xodimlarga nisbatan odob-axloq normalariga amal qilgan holda xushmuomila munosabatda bo‘lish hamda masalalarni qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Yusupov qat’iy ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, bu kabi holatlarni viloyatning boshqa tashkilotlari rahbarlari ish faoliyatida qaytarilishini oldini olish maqsadida, rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida, viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i F.Yusupovning mas’uliyatini ko‘rib chiqish yuzasidan Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
LiveBarchasi