Hayit kuni O‘zbekistonda havo harorati +40 darajagacha ko‘tariladi
Bu qiziq
−
22 may 2020
6988Bugun, 22 may kuni Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi. Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni +28...+31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni +33...+35 darajani tashkil etadi.
23-24 may kunlari Markaziy Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi havo harorati +15...+18 daraja, kunduzi +35...+37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa +38...+40 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.
Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi.