Hayit kuni metro ish vaqti o‘zgaradi

Jamiyat

image

Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti o‘zgartirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati intervali doimiy jadval asosida soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Shuningdek, bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

metro Ramazon Hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing