Hayotim tahlika ostida – fransuz aktyori Erdo‘g‘andan siyosiy boshpana so‘radi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransuz aktyori, komediant, shoumen Dedonne M`Bala Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga siyosiy boshpana so‘rab xat yubordi.  

Xabarga ko‘ra, "Turkiya Respublikasi Prezidentiga ochiq xat" ikki tilda tayyorlangan. 

M`Balaning yozishicha, u 20 yildan buyon Fransiyada tahdidlar, shantaj va kamsitishlarga uchrab kelmoqda. 

"Men fransuzlarni juda yaxshi ko‘raman. Biroq, mening mamlakatimdagi ba’zi rahbarlar fuqarolarni teng huquqli bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va natijada qora tanlilar kamsitiladi. Men Fransiyada o‘zimni xavfsiz his qilmayapman, hayotim tahlika ostida", deyilgan Turkiya rahbariga yozilgan maktubda. 

M`Balaning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy Turkiya uning nazarida har qanday kamsitish va haqoratlarga yo‘l qo‘yilmaydigan, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishga uringanlar qonunning eng yuqori darajasida javobgarlikka tortiladigan kuchli qonuniy davlatdir. 

"So‘nggi oylarda Turkiyaga bir necha bor tashrif buyurdim. Men ayollar va erkaklarning xatti-harakatlaridan juda ta’sirlandim. Men Turkiya xalqida insonda tug‘ilishi bilan paydo bo‘ladigan g‘urur va ehtiromni his qildim. Bu ikkisi zamonaviy dunyoda odamlar izlayotgan yagona narsa. Shu munosabat bilan men sizdan Turkiyada siyosiy boshpana berishingizni so‘rayman, u yerda men hamjihatlikda va tinchlikda yashashim mumkin", deyilgan aktyorning maktubida.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an boshpana

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing