Haydovchisi uxlab qolgan “KamAZ” ISUZU bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida boshqaruv vaqtida haydovchisi uxlab qolgan “KamAZ” haydovchisi ISUZU’ga borib urildi. Bu haqda O‘zbekiston YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 may kuni soat 08:00 larda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1060-kilometrida, 1996 yil tug‘ilgan haydovchi A.Yo. boshqaruvidagi “KamAZ” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolgan.

Oqibatida u o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan, 1997 yil tug‘ilgan A.Z. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk avtomobilining chap tomoniga borib urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing