Haydovchining qo‘pol qoidabuzarligi 8 yashar qizchaning umriga zomin bo‘ldi
3-sahifa
−
02 noyabr 2020
6425Yo‘l qoidalariga amal qilmagan haydovchi 8 yoshli qizchani urib yubordi. Bu haqida Farg‘ona viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni soat taxminan 11:40 lar atrofida Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Shaytonko‘l qishlog‘ida yashovchi Elyor Abdurahmonov Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, voyaga yetmagan Beshariq tumanidagi 22-sonli maktabning 2-sinf o‘quvchisi Dilsevar Abdurashidovani urib yuborgan. Oqibatda ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan qizcha shifoxonada vafot etgan.
Farg‘ona viloyati IIB YHXB bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bu hodisaga Lacetti haydovchisining piyodaga yo‘l bermasligi sabab bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi