Haydovchining qoidabuzarligi umriga zomin bo‘ldi
Jamiyat
−
21 aprel 2020
7427Muborak tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida qoidabuzar haydovchining o‘zi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
YTH kecha, 20 aprel kuni soat 21:45 larda, Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani hududidan o‘tgan A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 121 km.da yuz bergan. Haydovchi 1988 y.t. Sh.S. Spark rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib harakatlangan. Buning natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1979 y.t. D.X. boshqaruvida bo‘lgan yuk transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Spark rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.S. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati ishtirokchilaridan karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligini, zarurat bilan chiqqan vaqtda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishni so‘ramoqda.
LiveBarchasi