Haydovchilikka o‘qiyotganlarning davomati onlayn nazorat qilinadi – YHXBB
Jamiyat
−
17 yanvar 2021
3503O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qiyotgan nomzodlar davomatini va o‘quv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, yangicha tartib 2021 yilda amalga tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, 2021 yilda transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda fuqarolarning sababsiz kutib qolishlarini oldini olish maqsadida, arizalarni elektron tizimlar orqali berishni joriy etish va to‘lovlarini to‘liq billing tizimiga o‘tkazish chorasini ko‘rish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish uchun yagona markazlashgan video kuzatuv tizimini yaratish rejaga kiritilgan.
LiveBarchasi