Haydovchilik imtihonini topshirishda o‘zgarish bo‘ladi

Jamiyat

image

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ro‘yxatlash va imtihonlarni olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga asosan yangi tizim  2020 yil 1 iyulga qadar amaliyotga joriy etiladi.

Loyihalarda Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Samarqand va Namangan shaharlarida quyidagilarni ko‘zda tutuvchi amaliyotni eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etish nazarda tutiladi:

•  Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarini davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish;

•  haydovchilardan amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan avtodromlarda olish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - IIV, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.


Maqola muallifi

Teglar

Haydovchi davlat dasturi

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing