Haydovchilik guvohnomasini almashtirishda propiska ahamiyatini yo‘qotdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprel kunidan haydovchilik guvohnomasini O‘zbekiston bo‘ylab kerakli jihoz bilan ta’minlangan har qaysi Davlat xizmatlari markazlarida almashtirish mumkin bo‘ldi. Endilikda guvohnomani almashtirishda haydovchining propiskadan o‘tgan joyi ahamiyatsiz bo‘lib qoldi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtdagi 11 ta DXMning 7 tasi haydovchilik guvohnomasi berish uchun tegishli uskunalar bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun to‘lov EKIHning 70 foizi (hozirda 141 911 so‘m) ga teng.


Maqola muallifi

Teglar

propiska haydovchilik guvohnomasi

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing