Haydovchilarga “prava”siz yurishga ruxsat berilishi mumkin

Jamiyat

image

Bugun, 8 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur hujjatda bir necha jarimalar miqdorini kamaytirish nazarda tutilgan. Xususan, muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki unda qayd etilmagan shaxsning avtotransportni boshqarganligi, sug‘urta polisiga ega bo‘lmaganlik, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravarga kamaytirilmoqda.

Shuningdek, haydovchilarga “bluetooth”, quloqchin va qo‘lni band qilmaydigan boshqa vositalardan foydalanishga ruxsat berilib, monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda.

Yana bir muhim jihati shuki, loyihaga ko‘ra transport vositasini boshqarishda zarur bo‘lgan hujjatlar haydovchi yonida bo‘lmasa, uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati asosida transport vositalarini boshqarish huquqi beriladigan bo‘lyapti. Bunda ushbu hujjatlarning mavjudligi yo‘l nazorati xodimi tomonidan elektron tizim orqali tekshirilishi belgilanmoqda.

Fraksiya a’zolari huquqiy hujjatni muhokama etib, qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

752

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing