Haydovchilardan tonirovka uchun ruxsatnoma va ishonchnoma talab qilinmaydi
Jamiyat
−
05 may 2021
22380O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustdan quyidagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ko‘rsatiladi:
• avtomototransportlar va shahar elektr transportlari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish;
• avtomototransportlar va shahar elektr transportlar haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.
2022 yil 1 avgustdan o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YAIDXP orqali taqdim etiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan haydovchilardan avtomototransportni boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan), texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma elektron shaklga o‘tkazish orqali mazkur hujjatlarni haydovchidan talab etish tartibi bekor qilinadi.
2021 yil 1 iyulga qadar DYHXX organlarida avtomatlashtirilgan elektron tizimlarning YAIDXPga integratsiya qilingan holda to‘liq ishga tushirilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi