Haydovchilar “prava” uchun qaytadan imtihon topshiradimi?
Jamiyat
−
10 yanvar 15748 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar Yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda bepul qayta imtihondan o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday huquqiy asoslarga ega emas. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatib, fuqarolarni chalg‘itmaslik so‘raladi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Live
Barchasi