Haydovchilar “prava”siz harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Qachondan?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Rasman: haydovchilarga quloqchin orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi north_east

Rasman: haydovchilarga quloqchin orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda haydovchilarga biometrlik pasport yoki ID-kartasi bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik haqidagi va boshqa hujjatlarni o‘zi bilan olib yurmaslikka ruxsat beriladi. Bu haqda “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunda belgilangan.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi quyidagi tahrirda to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi:

“Agar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiya ID -kartasi bo‘lsa, haydovchidan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjat, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, uning egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi, transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini o‘zi bilan olib yurish talab etilmaydi”.

O‘zgartirish uch oydan keyin – 2022 yilning 1 martdan kuchga kiradi.

Qonun bilan Ichki ishlar vazirligiga ushbu muddatgacha yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan yuqoridagi hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarni planshet va kompyuterlar orqali Ma’muriy huquqbuzarliklarning yagona elektron tizimidan tekshirish imkoniyatini joriy etish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchilik guvohnomasi

Baholaganlar

784

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing