Haydovchilar hushyor bo‘ling: bugundan jarimalar oshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 1 maydan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshirildi. Bu 1 maydan e’tiboran bazaviy hisoblash miqdori ortishi bilan bog‘liq. Sababi jarimalar bazaviy hisoblash miqdoriga qarab belgilangan.

Quyida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning yangi miqdorlari keltiriladi:

  • Kamar taqmaslik – 165 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari);
  • Texnik ko‘rik, doriquti – 165 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari);
  • Hujjatsiz haydash – 330 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari);
  • Sug‘urtasiz – 330 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari);
  • Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish – 660 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari);
  • Noto‘g‘ri parkovka – 660 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari);
  • Telefonda gaplashish – 990 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari);
  • Davlat raqamisiz harakatlanish – 1,65 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari);
  • Tezlik (+20 km/soat) – 330 000 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari);
  • Tezlik (+20-40 km/soat) – 1,65 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari);
  • Tezlik (+40 km/soat) – 2,97 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari);
  • Qarama-qarshi haydash – 3,3 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari);
  • Mast holatda mashina haydash – 8 million 250 ming yoki 3 yilgacha diskvalifikatsiya (bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari).
  • Ruxsatsiz tonirovka – 8 mln 250 ming so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari) jarimalar solinishiga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yangi Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda huquqbuzarga jarima solish to‘g‘risidagi qaror fuqaroga topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

qoidabuzarlik jarima haydovchilar yo'l harakat qoidalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing