Havodagi samolyot ko‘zdan yo‘qolib qoldi. U dengizga qulagan bo‘lishi mumkin

Olam

image

Indoneziya poytaxti Jakartadan G‘arbiy Kalimantan hududidagi Pontianak shahriga yo‘l olgan “Sriwijaya Air” aviakompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Boeing 737-524 layneri oxirgi marta Yava dengizining shimoliy qismida ko‘rinish bergan. Samolyot bortida 59 nafar yo‘lovchi, shu jumladan olti nafar bola bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda Indoneziya Qidiruv-qutqaruv agentligi samolyotni qidirish ishlarini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Indoneziya

Baholaganlar

495

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing