Havoda dvigateli yonib ketgan samolyot qismlari aholi yashash manziliga quladi (video) 

Olam

Amerika OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yo‘lovchi tashuvchi “Boeing 777” samolyoti dvigateli qismlarining Kolorado shtatidagi aholi yashash punktlariga qulashi tasvirlangan videolarni e’lon qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “United Airlines” aviakompaniyasining Denverdan Gonoluluga parvoz qilgan samolyoti nosozlik tufayli havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qo‘nishga majbur bo‘lgan. Bunga layner dvigatellaridan birida chiqqan yong‘in sabab bo‘lgan. Parvoz paytida va dvigatel qoldiqlarining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Tasvirga olingan videolavhalarga ko‘ra, yong‘in chiqqan dvigatelning qismlari turar-joy majmuasiga tushgan.

 

Samolyot qismlari tushgan Brumfild shahrining politsiyasi aholidan dvigatel qismlariga tegmaslik va zudlik bilan rasmiylarga xabar berishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Boeing 777

Baholaganlar

374

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing