Hatto Amerikada ham unutishadi. Klinton va Bushning suratlari Oq uy foyesidan olib tashlandi
Olam
−
18 iyul 2020
14659AQSH prezidentlari qarorgohi Oq uy foyesidan ikki sobiq davlat rahbari – 42-Prezident Bill Klinton va 43-Prezident kichik Jorj Bushning portreti olib tashlandi. CNN telekanali ma’lumotiga ko‘ra, suratlar avval oshxona bo‘lgan va hozirda kamdan-kam foydalaniladigan xonaga osilgan.
Suratlar respublikachilardan bo‘lgan boshqa mashhur prezidentlar – Uilyam Makkinli va Teodor Ruzvelt surati bilan almashtirilgan. Bu o‘zgarish amaldagi Prezident Donald Tramp xohishi bilan bo‘lgani aytilmoqda.
Bunga amaldagi davlat rahbarining sobiq maslahatchisi Jon Boltonning xotiralari sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Bolton Donald Tramp Klintonni “yomon Prezident, kichik Bushni esa “ahmoq” deb, ulardan nafratlanishini yozgan.
An’anaga ko‘ra, foye zinasi atrofidagi devorlarda amerika yetakchisi har kuni mehmonlarni kutib olishga chiqqanda ko‘rishi uchun avvalgi davlat rahbarlarining suratlari osig‘liq turishi kerak. Oq uy suratlar qachon almashtirilgani bo‘yicha telekanal so‘roviga izoh bera olmagan.
Ma’lumot uchun, Tramp bungacha Oq uyning sobiq prezidentlar suratlariga aloqador qoidasini buzgandi. U o‘zaro munosabatlari yaxshi bo‘lmagan mamlakatning 44-Prezidenti Barak Obamaning surati foyega ilinishiga yo‘l qo‘ymagan.