Hasanboy Do‘smatovning ukasi profboksda jang qiladi
Sport
−
19 fevral 2024 6823 1 daqiqa
Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov professional boksda debyut qiladi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kichik Do‘smatov professional boksdagi ilk jangini joriy yilning 2 mart kunida Janubiy Koreyada tashkil etilayotgan FW1 turniri doirasida o‘tkazadi. Unga filippinlik 28 yoshli charm qo‘lqop ustasi Jover Amistoso (5-2-0) raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Faryozbek shu kungacha havaskor boksda O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar doirasida 8 ta jang o‘tkazgan va 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi.