Hasanboy Do‘smatovga uy sovg‘a qilindi
Sport
−
23 iyun 2023
12827Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatovga Andijon viloyati hokimi uy sovg‘a qildi. Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 22 iyun kuni tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg‘a qilgan.
Ma’lumot uchun, Hasanboy 1-14 may kunlari o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boks bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolovni uy bilan taqdirlagandi.
Shuningdek, og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovga Andijon viloyati hokimi tomonidan Gentra avtomashinasi sovg‘a qilingandi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi