Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning yarim finaliga chiqdi
Sport
−
03 avgust 2024 11471 1 daqiqa
Fransiya mezbonlik qilayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida -51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov Qozog‘iston vakili Saken Bibosinovga qarshi jang olib bordi va g‘alaba qozondi. Shu bilan Do‘smatov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Biroz oldin Olimpiada o‘yinlarining +92 kg vaznda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi chorak final bahslarida o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi kurashib, u ham yarim finalga chiqqandi.
Endilikda Do‘smatov 4 avgust kuni yarim final bosqichida Kabo Verde vakili David de Pinaga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dzyudo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Alisher Yusupov 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Saito Tatsuroni ippon bahosi bilan yengib, bronza medalga ega chiqqani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr